Akalar, manga qaranglar,
Oq sochlarim sananglar,
O'g'iloyning bu dastidan dod, dod.
Akalar, manga qaranglar,
Ko'z yoshlarim sananglar,
O'g'iloyning yolg'onidan dod, dod.
Hecham gapga kirmasa,
Gapga quloq qo'ymasa,
O'g'iloyning bu dastidan dod, dod.
Qalam qoshli, bilaman,
Nima qilay sevaman,
O'g'iloyning yolg'onidan dod, dod.
Tanalarim qizib ketar,
Hayajonim o'zib ketar,
O'g'iloy, sani ko'rsam, O'g'iloy.
Oy-oy-oy, sevgi yomon,
Qalbimni o'g'irlading, O'g'iloy,
Jonim O'g'iloy. (x2)
Mahallamizda turgan
Shu qiz yurakdan urgan,
Menga faqat shu kerak,
O'g'iloy, O'g'iloy.
O'zi yomon qiz emas,
Sevgini balki bilmas,
Mani bir tiyinga ilmas,
O'g'iloy, O'g'iloy.
Hecham gapga kirmaydi,
Gapga quloq qo'ymaydi,
O'g'iloyning bu dastidan dod, dod.
Qalam qoshli, bilaman,
Nima qilay sevaman,
O'g'iloyning yolg'onidan dod, dod.
Tanalarim qizib ketar,
Hayajonim o'zib ketar,
O'g'iloy, sani ko'rsam, O'g'iloy.
Oy-oy-oy, sevgi yomon,
Qalbimni o'g'irlading, O'g'iloy,
Jonim O'g'iloy. (x2)
Opalar, manga qaranglar,
Akalarimni sananglar,
Birortasi ish bermadi, dod-dod.
Opalar, manga qaranglar,
O'g'iloyni ko'ndiringlar,
Shu qizchaga uylanaman, dod-dod.
Hecham gapga kirmaydi,
Gapga quloq qo'ymaydi,
O'g'iloyning bu dastidan dod, dod.
Qalam qoshli, bilaman,
Nima qilay sevaman,
O'g'iloyning yolg'onidan dod, dod.
Tanalarim qizib ketar,
Hayajonim o'zib ketar,
O'g'iloy, sani ko'rsam, O'g'iloy.
Oy-oy-oy, sevgi yomon,
Qalbimni o'g'irlading, O'g'iloy,
Jonim O'g'iloy. (x2)