Bormi ayt ko'ngil, hajringdan bo'lak?
Ovora yurak ayro kelodur.
Dard to'la ohlar izlab panohlar,
Dilda nola-fig'on kelodur.
Topganing – xayol, chekkaning – firoq,
Iztiroblar ko'kka bog'lar bir sado.
Oooo-oo-o, shaydo hol aro majnuningman-o,
Oooo-oo-o, ishq sahrosida yo'ldadurman-o.
Oooo-oo-o, vaslingga xumor, zor-u, zorman-o,
Oooo-oo-o, ko'ksi sitamgar, intizorman-o.
Yo'l olis, ammo umid yetaklar,
Mayli ozor, janon keladur.
Bog' aro sarxush aylasa gulob,
Demakim, maydin giryon keladur.
O'rtagay ko'ngil hijronda qaroq,
Otashingdin sog'inch keltirsa darak.
Oooo-oo-o, shaydo hol aro majnuningman-o,
Oooo-oo-o, ishq sahrosida yo'ldadurman-o.
Oooo-oo-o, vaslingga xumor, zor-u, zorman-o,
Oooo-oo-o, ko'ksi sitamgar, intizorman-o. (x1+x1)