Tashna hislar ichra tanho
Kezganimda bog' aro,
Duch kelding-u olib ketding
Halovatim, dilrabo.
Navo bilan salom yo'llay,
Olib o'tsin sho'x sabo.
Havolansin dillar aro
Samolarda bu sado.
Nozik xulq-u nazokatda,
Husni jamolim mening.
Dil darchasin chertgil asta,
Otash mehrim payvasta.
Visolingga oshufta dil,
Bu shirin jon vobasta.
Qo'llaringda kamalakmu,
Quyosh tuzgan guldasta?
Ishqi tushib osmonda oy,
Boqmish mamnun havasda.
Hayot bog'im, chamanzorim,
Ko'kda hilolim mening.
Sayyoralar so'roqlarmish
O'zligin osmonlarda.
Qoldirma, yor, aslo meni
Shubha-yu gumonlarda.
Ketmay yana bu olamdan
Alamli armonlarda.
Ishqimizni ardoqlaylik,
Kel, nurli bo'stonlarda.
Muhabbatim, umrim naqshi,
O'tli visolim mening. (x2)
O'tli visolim mening…