Nechun yozmaysan javob,
Jonim yozgan xatimga?
Baho ber aylab insof
Bu sof muhabbatimga.
So'zlarni chin qalbimdan
Bag'ishladim yorimga.
Tilagim bor xatimda,
Yuragim bor xatimda.
Aytib o'tgan so'zlarim
Guvohim bo'lsin senga.
Mayli, bir so'z bo'lsa ham,
Yozgin javobing, erkam.
Rahmin kelmasmi rahming,
Intizor holatimga.
Sevaman yorim seni,
Jonim, unutma meni.
Tilagim bor xatimda,
Yuragim bor xatimda.
Aytib o'tgan so'zlarim
Guvohim bo'lsin senga. (x2)
Balki sening yuraging
Egallagan o'zga yor.
Va sen uchun men faqat
Singil edim shuncha vaqt.
Tilagim bor xatimda,
Yuragim bor xatimda.
Aytib o'tgan so'zlarim
Guvohim bo'lsin senga. (x2)