Toshkent ko'chalari bo'ylab kezib yurib yayov,
O'zimni beayov qiynayman san haqda qilib xayol.
Ayolim bo'lishingga yana oz fursat qolgan edi,
Oz fursat va o'tirar edik to'yxonada yonma-yon.
Jonim, zerikarli o'tmoqda onim,
O'tmishga yuzlansam, negadir qaynamoqda qonim.
Axir turding qora, yomon kunda ham yonimda,
Sariq chaqa hamyonimda bo'lmasa-da, mani yoronim.
Mani yoronim, rangim somondir,
Barchasi endi tamom, lekin, biroq negadir
San tarafga yetaklayveradi har to'rtta tomonim. (x2)
Ko'p muddat birga o'tkazdik, baxtli yakunga ishonib,
Quvonib, bir-birimizni barchadan qizg'onib.
O'zimdan tonib sevdim, bor fe’l-atvoringga ko'nib,
Umidlar so'nib, nechun hammasi kul bo'ldi yonib?
Sho'xligim, bepoyonim, sir-asrori ayonim,
Mana birlashgan umr yo'limizdan ajrab, yo'l olding qay yona?
Va yonib tushirdim bir parcha qog'ozga:
Sansiz yashash ancha mushkul ekan, mani yoronim.
Mani yoronim, rangim somondir,
Barchasi endi tamom, lekin, biroq negadir
San tarafga yetaklayveradi har to'rtta tomonim. (x2)
To'rt tomonim… Mani yoronim…
Mani yoronim…