[Mirzabek Xolmedov]
Hammada “problem” bor,
Beayb faqat o'zing Parvardigor, Parvardigor.
Qilmagin arz-dod,
Birovlarga qarz-havola bo'lmayin nochor,
Bo'lmayin nochor.
[Bojalar guruhi]
Hovli, uy-joy qilaman,
Yaxshi mashina minaman.
Zo'r artistlarni aytib,
Xalqqa to'ylar qilaman.
“Dollar”, “evro” yo “rubl”,
Bizga o'zbek so'mi pul.
Topganingga qand ol, ye,
Ye, ich, o'yna, mayli kul.
[Bojalar guruhi va Mirzabek]
Hoy oshnam pulli,
Pulli bo'ling, pulli.
Topganingizga to'ylar qiling,
O'zim xizmatda bo'lay.
Hoy-hoy oshnam pulli,
Voy-voy oshnam pulli,
Uylar quring, to'ylar qiling,
O'zim xizmatda bo'lay.
[Mirzabek Xolmedov]
Hammaga pul darkor,
Artistmisan, doktormisan yo mardikor
Yo paxtakor.
To'kib ishla ter,
Ol olidan, halolidan baraka ber,
Baraka ber.
[Bojalar guruhi]
Hovli, uy-joy qilaman,
Yaxshi mashina minaman.
Zo'r artistlarni aytib,
Xalqqa to'ylar qilaman.
“Dollar”, “evro” yo “rubl”,
Bizga o'zbek so'mi pul.
Topganingga qand ol, ye,
Ye, ich, o'yna, mayli kul.
[Bojalar guruhi va Mirzabek]
Hoy oshnam pulli,
Pulli bo'ling, pulli.
Topganingizga to'ylar qiling,
O'zim xizmatda bo'lay.
Hoy-hoy oshnam pulli,
Voy-voy oshnam pulli,
Uylar quring, to'ylar qiling,
O'zim xizmatda bo'lay.
Ey ha, pulli-pulli…
Pulli-pulli…
[Shukrullo Isroilov]
Hayot shahmatdir, jo'ra,
Kim piyoda, kim to'ra.
[Valijon Shamsiyev]
Pul bilan bitmagan ish
Ko'p pul bilan bitar, jo'ra!
[Bojalar guruhi va Mirzabek]
Hoy oshnam pulli,
Pulli bo'ling, pulli.
Topganingizga to'ylar qiling,
O'zim xizmatda bo'lay.
Hoy-hoy oshnam pulli,
Voy-voy oshnam pulli,
Uylar quring, to'ylar qiling,
O'zim xizmatda bo'lay…