Muhabbat dard birla kelur,
Azobi ham shirin-shirin.
Faqat sevgan dillar bilur
Bu dardning bor sirin-sirin.
Ishq o'zi dard, o'zi davo,
Yorga yorni sevmoq ravo.
Sevgi sirin aylab navo,
Aytayin qay birin-birin?
Oshiq ko'ngil xaridori,
Kibru-havo emas yori.
Chidarmikin magar yori
Tashlasa ko'z qirin-qirin?
Muhabbat dard birla kelur,
Azobi ham shirin-shirin.
Faqat sevgan dillar bilur
Bu dardning bor sirin-sirin. {x2}
Sinab sabru-toqatini,
Egmang oshiq qomatini.
Farhodning baxt-omadimi,
Sizdagi lab irin-irin.
Asl oshiq chidar holga,
Erk bermas hech bir xayolga.
Va’da yo'qdir shakar-bolga,
Garchi nomim Shirin-Shirin.
Muhabbat dard birla kelur,
Azobi ham shirin-shirin.
Faqat sevgan dillar bilur
Bu dardning bor sirin-sirin. (x2)
Bu dardning bor sirin-sirin…