Sevaman dedi to'g'ri kelib‚
Yurolmay qoldim yurak urib. (x2)
Bor-butim olib ketdi go'yo,
Ko'ngil ichiga o'g'ri kirib. (x2)
Tikir-tikir yomg'ir donasi-yo,
Shitir-shitir gulning nolasi-yo,
Qiqir-qiqir kuldim yosh boladayin‚
Qorako'z ko'zingning qorasi-yo. (x2)
O'z-o'zidan borib oynaga qaradim‚
Sochimni yetti xil usulda taradim‚
Uch kechayu-kunduz o'tibdi‚ qarang‚
Nega hamon o'ylayapsan‚ yuragim? (x2)
Tikir-tikir yomg'ir donasi-yo,
Shitir-shitir gulning nolasi-yo,
Qiqir-qiqir kuldim yosh boladayin‚
Qorako'z ko'zingning qorasi-yo. (x2)
Yulduz sochilsa kelaverar yor‚
Derazam tagida turaverar yor.
Yulduz sochilsa kelaverar yor‚
Derazamning tagida turaverar yor.
Ko'zimni ochsam ko'raman uni‚
Ko'zimni yumsam ham turaverar yor.
Olmani bo'lasanmi‚ yor‚ endi‚
Yarmini berasanmi‚ yor‚ endi?
Man sani yorim dedim-a‚ dedim‚
Boshqaning sevgisi bekor endi.
Man sani yorim dedim-o‚ dedim‚
Boshqaning sevgisi bekor endi.
Tikir-tikir yomg'ir donasi-yo,
Shitir-shitir gulning nolasi-yo,
Qiqir-qiqir kuldim yosh boladayin‚
Qorako'z ko'zingning qorasi-yo. (x2)
Tikir-tikir yomg'ir donasi-yo…