Bir qo'shiq aytayin – sevinib o'ynang,
Davr sizniki-yey, berilib o'ynang.
Biringiz-da quyosh, biringiz-da oy,
Farzand sizniki-yey, kerilib o'ynang.
Boshingizga yog'sin Tangrim savobi,
Yetti osmonga ham yetsin navosi.
O'zgarib ketsin-ey obi-havosi,
Bir kelib dunyoga, shodlanib o'ynang.
O'ynang onam, jannatim, o'ynang,
Yana qachon o'ynaysiz, bir to'yib o'ynang.
Onajonim o'ynang, farishtam o'ynang,
Farzand sizniki-yey, kerilib o'ynang.
Poyingizda jannat yastanar, onam,
Yuragi tilloyim, usti zar onam. (x2)
Munisim onam, mo'tabar onam,
Yana qachon o'ynaysiz, onajon, o'ynang.
Munisim onam, mo'tabar onam,
Hamma havas qilsin-ey, keling bir o'ynang.
Boshingizga yog'sin Tangrim savobi,
Yetti osmonga ham yetsin navosi.
O'zgarib ketsin-ey obi-havosi,
Bir kelib dunyoga, shodlanib o'ynang.
O'ynang onam, jannatim, o'ynang,
Yana qachon o'ynaysiz, bir to'yib o'ynang.
Onajonim o'ynang, farishtam o'ynang,
Farzand sizniki-yey, kerilib o'ynang. (x2)