Ko'zlaringiz kular, qalbingiz to'la alam,
Xursandchilik kunda ham ko'zingizda nam,
Onajon, bu dunyoda borim, onajon.
Men mashxur hofizmas, mashxur bag'ritosh,
Ko'zlarimga qarang ona, ko'zlarimda yosh,
Onajon, kechiring mani siz, onajon.
Boshlarimda ko'taray, yuzingizdan o'pay,
Erkalanib bag'ringizga o'zimni otay,
Onajonim, onajonim.
Boringizga shukur mehribonim, onajonim.
Menga na boylig-u mashxurlik kerakmas,
Yuzlaringizda bir chimdim quvonch ko'rsam bas,
Onajonim, otajonim.
Bir shirin so'zimga mushtog'im, onam,
Yo'llarimga intizor, farishtam onam,
Onajonim, otajonim.
Boshlarimda ko'taray, yuzingizdan o'pay,
Erkalanib bag'ringizga o'zimni otay,
Onajonim, onajonim.
Boringizga shukur mehribonim, onajonim. (x1+x1)