Gulistonimsan mani,
Jamolingni so'ylayman.
Qalbimda qaynab toshgan
Madhing dildan kuylayman. (x2)
Yakkabog'im, Yakkabog',
Senga qanot ko'hna tog'.
Yurtlar ichra eng go'zal,
Ona yurtim Yakkabog'. (x2)
Qarog'imsan, ko'zimsan,
Yurakda dil so'zimsan.
O'zligimsan, o'zimsan,
Qalbim to'ldirgan nursan.
Savlat to'kib turibdi,
Xisor tizma tog'laring.
Go'yo jannatga o'xshar
Fayzli qishloqlaring.
Yakkabog'im, Yakkabog',
Senga qanot ko'hna tog'.
Yurtlar ichra eng go'zal,
Ona yurtim Yakkabog'. (x2)
Go'zallikka burkangan
So'lim go'zal bog'lar bor.
Temur bobom tug'ilgan
Ulug' joy – Xo'jayli bor. (x2)
Yakkabog'im, Yakkabog',
Senga qanot ko'hna tog'.
Yurtlar ichra eng go'zal,
Ona yurtim Yakkabog'. (x2)