[Rashid Xoliqov]
Kim sevib, kim sevilmay, armonlar ichra ketar,
Kim quvonch, kimlar alamdan manzili sari yetar.
[Lola Yuldasheva]
Bu hayot ummonida kimlar juftin izlaydi,
Vatangado bo'lib kim, arosatda bo'zlaydi.
[Rashid Xoliqov]
Kimdir mehr ulashib, oromidan kechadi,
[Lola Yuldasheva]
O'zganing baxti uchun bisotini sochadi.
[Lola Yuldasheva va Rashid Xoliqov]
Hayot davom etar, davom etar hayot,
Muhabbatimizdan yaralsin asli bu dunyo.
Hayot davom etar, orzu bo'lsin qanot,
Lahzalarimizni mehrga to'ldirsin dunyo.
[Rashid Xoliqov]
Nokas esa payt poylab, ortingdan tosh otadi,
Orsiz bir pulga ajab, vijdon-u, tan sotadi.
[Lola Yuldasheva]
Bu hayotda kim topar, kim nima yo'qotadi,
Taqdir kimni qayoqqa so'ramasdan otadi.
[Rashid Xoliqov]
Beshikdan to qabrga, kimlar qanday ketadi,
[Lola Yuldasheva]
Mehr ulashgan insonlar murodiga yetadi.
[Lola Yuldasheva va Rashid Xoliqov]
Hayot davom etar, davom etar hayot,
Muhabbatimizdan yaralsin asli bu dunyo.
Hayot davom etar, orzu bo'lsin qanot,
Lahzalarimizni mehrga to'ldirsin dunyo. (x2)