(Ayt, ayt, u qiz qani, binafshajon?)
Voy, man binafshamasman.
(Ayt, ayt, aytaqolgin, binafshajon)
E, yoshligimda to'g'ri binafsha sotganman.
(Ayt, ayt binafshajon)
Voy, yana binafsha deydimi?
(Huo-hoo, binafshajon)
[Bojalar guruhi]
Retro, mana retro,
Hama sin laka fom mama hemzet,
Retro, mana retro,
Rum begam bagama, rum begam bagada. (x2)
Suv bo'yida binafsha
Bahor bilan uchrashdi,
Bo'yiga yetgan qizlarga
Gala sovchi ilashdi.
Binafshajon, binafsha,
Kokillaring haydarsan.
Menga loyiq qiz topsang,
Qulog'imga aytarsan.
[Ilhom Farmonov]
Binafshajon, binafsha, (“oka” mani ashulamni aytmang)
Kokillaring haydarsan.
Menga loyiq qiz topsang,
Qulog'imga aytarsan.
Ayt, ayt, u qiz qani,
Binafshajon, binafsha?
Ayt, ayt, aytaqolgin,
Binafshajon, binafsha.
[Bojalar guruhi va Ilhom Farmonov]
Ayt, ayt, u qiz qani,
Binafshajon, binafsha?
Ayt, ayt, aytaqolgin,
Binafshajon, binafsha.
[Ilhom Farmonov]
Men g'aribga sovchilik
Sendan o'zga kim qilgay? (man qilaman, man “oka”)
Guldan nozik qiz qalbin
Sen bilmasang, kim bilgay? (voy u aniq bilmaydi)
To'y qilamiz keng chaman,
Ariqlarning bo'yida.
(e, past ketmang “oka”, “Versal” deng, “Versal”)
O'zing o'ynab berarsan
Muhammadning to'yida. (man ham o'ynayman “oka”)
To'y qilamiz keng chaman,
Ariqlarning bo'yida. (oh, oh, oh, oh)
O'zing o'ynab berarsan (man o'ynayman, man, man)
Muhammadning to'yida.
[Bojalar guruhi va Ilhom Farmonov]
Ayt, ayt, u qiz qani,
Binafshajon, binafsha?
Ayt, ayt, aytaqolgin,
Binafshajon, binafsha. (x2)
[Bojalar guruhi]
Retro, mana retro,
Hamma raqsga tushamiz-a retro.
Ho, retro, mana retro,
Binafsha ho, binafsha ho.
Retro, mana retro,
Raqsbop qo'shiq mana, retro, ha.
Retro, mana retro,
Ye, bina-binafsha, mana bina-binafsha, ha.
(Ayt, ayt, u qiz qani?)
Chiyillasam ham gapirmayapti.
Yo binafshani man tushunmayapman,
Yo binafsha mani tushunmayapti.
Ihom aka, iltimos yordamlashvoring.
[Ilhom Farmonov]
Ayt, ayt, u qiz qani?
(Hammamiz o'ng qo'l, chap qo'l,
O'ng oyoq, chap oyoq o'ynaymiz-a)
Ayt, ayt, aytaqolgin.
(Yelkalarni qimirlatib-qimirlatib,
Qoshlarni qoqib o'ynaymiz-a)
[Ilhom Farmonov]
Ayt, ayt, u qiz qani,
Binafshajon, binafsha? (bina, binafsha)
Ayt, ayt, aytaqolgin,
Binafshajon, binafsha. (bina, binafsha)
Ayt, ayt, u qiz qani,
Binafshajon, binafsha?
Ayt, ayt, aytaqolgin,
Binafshajon, binafsha.
[Bojalar guruhi]
Everybody gentlmen and ladies,
Mana bugun yangi yilga keldingiz.
Chap yelkani o'ng yelkaga,
O'ng yelkani chap yelkaga,
O'ng oyoq, chap oyoq,
Mundoq, mundoq, mundoq qimirlatib,
Retro raqslarga tushdiz.
Qani ketdik, hov, hov!
Bina-binafsha,
Mana bina-binafsha, ho!