Mayli, dunyo kezib chiq butkul,
Dunyo ko'rgan attang qilmaydi.
O'z yurtingni obod qil, but qil,
Begona yurt vatan bo'lmaydi.
Balki yo'qdir bunda jigaring,
Ammo ular ruhi o'lmaydi.
Behisobdir boyliging, zaring,
Begona yurt vatan bo'lmaydi.
O'zga yurtda bo'lsang ham daho,
Yurting qo'msab, ko'ngling to'lmaydi.
Sog'inasan tuprog'in hatto,
Begona yurt vatan bo'lmaydi.
O'zbekiston, O'zbekiston,
Vatanimsan, vatanimsan,
Farzandlaringmiz,
Tuprog'in ko'zimga sursam.
O'zbekiston, O'zbekiston,
Vatanimsan, vatanimsan,
Jannatmakonim,
Tuprog'in ko'zimga sursam.
Dengiz sohilida Registon,
Samarqand deb atab bo'lmaydi,
Ko'rsang yana go'zal bir bo'ston –
Begona yurt vatan bo'lmaydi.
Yurtdoshlaring birma bir o'tar
Ko'z o'ngingdan, uyqing kelmaydi.
Mehr kutsang, nadomat tutar,
Begona yurt vatan bo'lmaydi.
O'zga yurtda bo'lsang ham daho,
Yurting qo'msab, ko'ngling to'lmaydi.
Sog'inasan tuprog'in hatto,
Begona yurt vatan bo'lmaydi.
O'zbekiston, O'zbekiston,
Vatanimsan, vatanimsan,
Farzandlaringmiz,
Tuprog'in ko'zimga sursam.
O'zbekiston, O'zbekiston,
Vatanimsan, vatanimsan,
Jannatmakonim,
Tuprog'in ko'zimga sursam.