Ko'zdan qochdi yog'dularim,
Yuzdan qochdi kulgularim.
Qum singari sochildimi
Orzularim, orzularim? (x2)
Baxtim yoshday oqib ketdi,
Ko'ksimga o't yoqib ketdi.
Men ko'ziga to'ymay turib,
Yor o'zgaga boqib ketdi.
Kimga boqar, kimga boqar,
Yorim endi kimga boqar?
Sog'inganda ko'rolmay,
Ko'zlarimdan yoshim oqar.
Kungaboqar, kungaboqar,
Yorim endi kimga boqar?
Sog'inganda ko'rolmay,
Ko'zlarimdan yoshim oqar-ey.
Boshim uzra bir soya yo'q,
Armonlardan himoya yo'q.
Sendek sariq endi rangim,
Menga dardkash dunyoda yo'q.
Bog'lar intiq bahoriga,
Suvlar intiq anhoriga,
Sen nurga zor kungaboqar,
Men zorman yor diydoriga.
Kimga boqar, kimga boqar,
Yorim endi kimga boqar?
Kungaboqar, kungaboqar,
Yorim endi kimga boqar?
Sog'inganda ko'rolmay,
Ko'zlarimdan yoshim oqar. (x2+x1)
Kimga boqar, kimga boqar,
Yorim endi kimga boqar?
Sog'inganda ko'rolmay,
Ko'zlarimdan yoshim oqar-ey.