Bu dunyo armonli,
Bu dunyo sinovli,
Kimnidir baxt qucharkan,
Kimnidir dard qucharkan.
Sabr qilsang bir kuni,
Barchasi o'tarkan.
Bu dunyo armonli,
Bu dunyo sinovli,
Kim yashar kulgu bilan,
Kim yashar qayg'u bilan.
Sabr qilsang bir kuni,
Barchasi o'tarkan,
Barchasiga yurak chidarkan.
Chin do'stingiz sizni sotsa yig'lamang,
Kimdir yolg'on tuhmat otsa yig'lamang.
Bu sinov, yuragingiz tirnamang,
Dunyoning sinovlari bu.
Omad sizni tashlab ketsa yig'lamang,
Yaqinlar ham g'iybat otsa yig'lamang.
Bu sinov, yuragingiz tirnamang,
Dunyoning sinovlari, yig'lamang.
Bu dunyo armonli,
Bu dunyo sinovli,
Hayot kimga omad berar,
Hayot kimga kulfat berar.
Umr yo'llarida bizni
Ming sinov kutarkan.
Bu dunyo armonli,
Bu dunyo sinovli,
Hayot kimni sinar ekan,
Hayot kimni siylar ekan.
Sabr qilsang, bir kuni
Barchasi o'tarkan,
Sinovlarga yurak chidarkan.
Bu sinovlar jonga botsa yig'lamang,
Boshingizdan omad ketsa yig'lamang.
Bu sinov, yuragingiz tirnamang,
Dunyoning sinovlari bu.
Omad sizni tashlab ketsa yig'lamang,
Yaqinlar ham g'iybat otsa yig'lamang.
Bu sinov, yuragingiz tirnamang,
Dunyoning sinovlari, yig'lamang.