Tonggi shabnamlar guvohim,
Rashq-u alamlar guvohim –
Seni deb uyg'onaman,
Seni deb uyg'onaman.
Habibi yo'q habibingman,
Tabibi yo'q tabibingman.
Har ko'rib ming yonaman,
Har ko'rib ming yonaman.
Ko'zlaring och, jonim ko'zlaring och,
Senga muhtoj, qalbim senga muhtoj.
Mani de, mani de jonim,
Mani-mani de jonim, faqat mani de jonim.
Mani de, mani de jonim,
Mani-mani de jonim, abad mani de jonim.
Bahorlarim xazon etma,
Sevsang agar gumon etma,
Bor boyligim sen, ishon,
Bor boyligim sen, ishon.
Baxsh etay qolgan umrimni,
Yuragim, ko'zda nurimni,
Baxtimizga ber imkon,
Baxtimizga ber imkon.
Ko'zlaring och, jonim ko'zlaring och,
Senga muhtoj, qalbim senga muhtoj.
Mani de, mani de jonim,
Mani-mani de jonim, faqat mani de jonim.
Mani de, mani de jonim,
Mani-mani de jonim, abad mani de jonim. (x1+x1)