Yot uyida “yor-yor” bo'ldi, voy alamjon, jon alam,
 Yor o'zgaga yor bo'ldi, voy alamjon, jon alam.
Yorga ohim yetmasmu, vidolashib ketmasmu, {x2}
 Yangalar hushyor bo'ldi, voy alamjon, jon alam. {x2}
Va’da bergan gul qolsin, ishongan bulbul o'lsin,
 Muhabbat bozor bo'ldi, voy alamjon, jon alam.
To'yga borganlar aytsin, yorni ko'rganlar aytsin, {x2}
 Kimga kim ko'p zor bo'ldi, voy alamjon, jon alam. {x2}
Ado bo'ldi Mug'anniy, gado bo'ldi Mug'anniy, {x2}
 Suyanganim tor bo'ldi, voy alamjon, jon alam. {x2}
Qochgani yo'l ko'p edi, cho'kkani ko'l ko'p edi, {x2}
 Ayriliq shior bo'ldi, voy alamjon, jon alam. {x2}
Ayriliq shior bo'ldi, voy alamjon, jon alam… {x2}