[Rayhon]
So'rama, bag'ritoshsan nega bunchalar deb,
Sen meni shunday qilgansan.
So'rama, bag'ritoshsan nega bunchalar deb,
Zolimlikda menga ustoz bo'la olgansan.
[Shaxriyor]
Ha, men aybdorman, tinchlan endi, (tinchlan)
Sen farishtasan, (wow) aybing yo'q seni. (he)
Ayblagin takror-takror,
Bilib qo'y, hammaning o'z haqiqati bor.
Senga farqi yo'q edi, o'ylarding bir o'zingni,
Charchamasding bahslashib, o'tkazarding so'zingni.
Boshqalarning oldida juda ham mehribon eding,
Goh seni taniy olmas edim, niqobi ko'p inson eding.
[Rayhon]
So'rama, bag'ritoshsan nega bunchalar deb,
Sen meni shunday qilgansan.
So'rama, bag'ritoshsan nega bunchalar deb,
Zolimlikda menga ustoz bo'la olgansan.
[Shaxriyor]
Bor, qil bilganingni,
Nima qilaman endi kelganingni?
Yoki oradan yillar o'tib,
Sog'inib qaytdingmi ustimdan kulganingni?
Bu endi qaysi niqobing?
O'qib bo'lingan bil, bu kitobing.
Hamma kirdikorlaring manga ma’lum,
Uzr, o'tmas navbatdagi bobing!
Baxtli qilib ko'rsatardik boshqalarga o'zimizni,
Hamma daxshatga tushardi bilsa, o', o', asl yuzimizni.
Tugadi hammasi, mangu so'ngan quyoshsan,
Savolimga javob ber, nega buncha bag'ritoshsan?
[Rayhon]
So'rama, bag'ritoshsan nega bunchalar deb,
Sen meni shunday qilgansan.
So'rama, bag'ritoshsan nega bunchalar deb,
Zolimlikda menga ustoz bo'la olgansan.