Buncha zebo bu go'zal xilqat,
Ta’rifi yo'q mo'jiza ayol. (x2)
Kaft uchida asraylik faqat,
Yig'lamasin ojiza ayol. (x2)
Ayol, ayol, ayol, ayol,
Yig'lamasin muqaddas ayol. (x2)
Sevgisini rashkka yo'ymangiz,
Diydoridan sevib to'ymangiz,
Uni aslo yolg'iz qo'ymangiz,
Yig'lamasin ojiza ayol.
Uni aslo yolg'iz qo'ymangiz,
Yig'lamasin u go'zal ayol.
Ayol, ayol, ayol, ayol,
Yig'lamasin muqaddas ayol. (x2)
Tog'lar hayron ayol sabridan,
Mehr qaynar o'tli bag'ridan,
O'ksimasin nomard jabridan,
Yig'lamasin muqaddas ayol.
O'ksimasin nomard jabridan,
Yig'lamasin muqaddas ayol.
Ayol, ayol, ayol, ayol,
Yig'lamasin muqaddas ayol.
Ayol, ayol, ayol, ayol,
Yig'lamasin mo'jiza ayol.
Ayol, ayol, ayol, ayol,
Yig'lamasin muqaddas ayol. (x2)
Yig'lamasin muqaddas ayol…