Garchi ipak devoring
 Hech kim seni qurgani yo'q.
 Ammo ikki dunyoda
 Sendan baland qo'rg'on yo'q. (x2)
Kuyov kutgan orziqib
 Hayot sendan boshlanar.
 Kelayotgan alla-yu,
 Bayot sendan boshlanar. (x2)
Qo'sh yuraklar yog'dusi,
 O'zing beshak, chimildiq.
 Bo'y qizlarning orzusi,
 Shohi to'shak, chimildiq. (x2)
Tilagim shu, boylansin
 Jon rishtasi joningga.
 Yo'lamasin hech bir qiz
 Rozi bo'lmay yoningga. (x2)
Kuyov kutgan orziqib
 Hayot sendan boshlanar.
 Kelayotgan alla-yu,
 Bayot sendan boshlanar. (x2)
Qo'sh yuraklar yog'dusi,
 O'zing beshak, chimildiq.
 Bo'y qizlarning orzusi,
 Shohi to'shak, chimildiq. (x2+x2)