Sevib qoldim shekilli, dilim to'la hayajon,
Sizni ko'rsam, yuragim o'ynoqlaydi, akajon. (x2)
Nigohingiz o'qmidi, yuragimga qadaldi, {x2}
Barcha yozgan qo'shig'im faqat sizga ataldi. {x2}
Oh, voy-voy, nigohingiz akajon,
Voy-voy, yondiradi tanda jon. (x2)
Noz etib, nozlar etay, dilingizdan joy olay,
Xudoyimdan baxt so'rab, siz bilan birga bo'lay. (x2)
Begonaga boqsangiz, jonim, yonib ketarman,
Begonaga boqsangiz, rashkdan kuyib ketarman.
Faqat meni desangiz, sizni baxtli etarman,
Yolg'iz meni desangiz, sizni baxtli etarman.