[Shuhrat Dillayev]
Yo'q demasang taklifima, so'zima,
Kokillaring surtajakman go'zima. (x2)
Adashmadim sandek sanamni sevib,
Quruq qaytasim yo'q endi izima. {x2}
Sani jonim, orazina jo etib,
O'z yurtima opketaman to'y etib. (x2)
[Shahnoza Otaboyeva]
Hali sinab ko'rganimcha yo'q sizni,
Nigohingiz buncha olov, chog' sizni? (x2)
Kulib qarashlarni sizdan o'rgandim,
O'zingizdan ko'zlaringiz sho'x sizni. {x2}
O'z uyimdan hech ketasim galmiydi,
Xorazmni tark etasim galmiydi. (x2)
[Shuhrat Dillayev]:
Biz so'ziman, qaytasim yo'q lafzimdan,
Yaxshisini topolmiysan o'zimdan. (x2)
Rayimni qaytarib, so'ngra mengalib,
Qarab qolma yana mani izimdan. {x2}
Sani jonim, orazina jo etib,
O'z yurtima opketaman to'y etib. (x2)
[Shahnoza Otaboyeva]
Og'a, sevgingizni sinab ko'rjakman,
Joningizni sal-pal qiynab go'rjakman. (x2)
Niyatingiz xolis bo'lsa ham sizni,
Izlarimda zor etibla yurjakman. {x2}
O'z uyimdan hech ketasim galmiydi,
Xorazmni tark etasim galmiydi. (x2)
[Shuhrat Dillayev]:
Ota-onang rozi qilsang bo'lg'ani,
Qutlug' duolara olsang bo'lg'ani. (x2)
Ishlarimiz o'ng bo'ladi, azizam-ey,
Muhabbatim qabul qilsang bolg'ani. {x2}
Yanada fayz qo'shib hayotimiza,
Yetaylik maqsad-u murodimiza.
[Shahnoza Otaboyeva]
Yanada fayz qo'shib hayotimiza,
Yetaylik maqsad-u murodimiza.
[Shahnoza Otaboyeva va Shuhrat Dillayev]
Yetaylik maqsad-u murodimiza…