Yodingdami, sevgilim,
Biz uchrashgan u damlar?
Go'yo muhabbat yo'li
Bo'lgandi sabab.
O'tardi birin-ketin
Hamma atrofimizdan,
Halal bermayin shirin
Xayolimizga.
Oylar o'tib, yil o'tib,
Taqdir bo'ldi beshafqat.
Ikkimizni ayirib,
Armon bo'ldi muhabbat. {x2}
Yana sensiz, yana sensiz
Yurak to'la sevgim tengsiz.
Ikkimizga yolg'on,
Bir muhabbat bo'ldi armon. (x2)
Oz bo'lsa ham juda soz
O'tdi baxtli u onlar,
Lek biz ishongan u rost
Ekan yolg'onlar.
Yurak to'la orzular
Bo'lib bizga bahona,
Dilga o'zga qayg'ular
Edi begona.
O'sha shirin lahzalar
O'xshab go'yo bir tushga,
Birga o'tgan u damlar
Aylandilar o'tmishga. {x2}
Yana sensiz, yana sensiz
Yurak to'la sevgim tengsiz.
Ikkimizga yolg'on,
Bir muhabbat bo'ldi armon. (x2)