Oila bir muqaddas dargoh,
U biz uchun mustahkam ustun.
Balki buni sezmaymiz nogoh,
Unda bo'lar baxtimiz butun.
Oilada bo'lar mujassam
Shodlik, quvonch va cheksiz orzu.
Yaxshilikka to'ladi olam,
Chetlab o'tar dilingni qayg'u.
Oila muqaddas, muqaddas,
Qadriga yetaylik har nafas.
Oila muqaddas, muqaddas,
Baxtli oilaga qilarlar havas. (x2)
Oiladan boshlanar Vatan,
Asrab-avaylaylik biz uni.
Tinch-totuvlik bor bo'lsin har dam,
Chunki udir hayot mazmuni.
Oilada bo'lar mujassam
Shodlik, quvonch va cheksiz orzu.
Yaxshilikka to'ladi olam,
Chetlab o'tar dilingni qayg'u.
Oila muqaddas, muqaddas,
Qadriga yetaylik har nafas.
Oila muqaddas, muqaddas,
Baxtli oilaga qilarlar havas. (x2)
Dunyoning sinovlarida ham
Rishtalarni etaylik mangu.
Mehr bo'lsin bir-birimizga,
Ko'nglimizdan taralib yog'du.
Oila muqaddas, muqaddas,
Qadriga yetaylik har nafas.
Oila muqaddas, muqaddas,
Baxtli oilaga qilarlar havas. (x2)