Hayot suvday oqib ketar,
Ko'z yumguncha umr o'tar,
Lekin yodimda qoldi do'stim.
Yoshligim, sho'xligim sensan,
Qalbim boyligi o'zingsan,
Hayotimning yelkani do'stim. (x2)
Yodingdami ilk muhabbat,
Aldanishlar, yolg'izliklar?
Dardimga malham o'zing, do'stim.
Tashna bo'lgan yuragimga
Bulog'imsan, sirdoshimsan,
Shodligimsan, qadrdon do'stim. (x2)
Do'stim, qadrdon do'stim,
Do'stim, do'stim.
Do'stim, qadrdon do'stim,
Do'stim, do'stim.
Onamni sen onam deding,
Ayolimni singlim deding,
Bolamni bolam deding, do'stim.
Berasan-u olmaysan hech,
Yonimdasan bo'lsa ham kech,
Baxtimga doim sherik do'stim. (x2)
Cho'ntagimga qo'lin solmas,
Gado bo'lsam, qochib qolmas,
Qoqilgani qo'ymas hech do'stim.
Egri yo'ldan asragansan,
Doim to'g'ri so'zlagansan,
Men-la jon fido aylar do'stim. (x2)
Do'stim, qadrdon do'stim,
Do'stim, do'stim.