Derazamdan mo'ralaydi oy,
Oq xarirli, mislsiz chiroy, (x2)
Yulduz uchar topolmasdan joy –
Onajonim ko'rgim keladi,
Bir dam suhbat qurgim keladi.
Tun qo'ynida chayqalar gullar,
Xushbo'y yeli kimnidir izlar, (x2)
Izing topmay bag'rini tuzlar –
Onajonim ko'rgim keladi,
Bir dam suhbat qurgim keladi.
Sog'inchlardan sarg'aydi dunyo,
Orzularim bo'ldi-ku ro'yo, (x2)
Tomirimda oqar bir nido –
Onajonim ko'rgim keladi.
Ketding jim-jim, xayr demasdan,
Pinhon diling bir bor ochmasdan, (x2)
Yiroqlashding aslo shoshmasdan,
Onajonim ko'rgim keladi,
Bir dam suhbat qurgim keladi.
Dil o'rtanar, aylanar boshim,
O'zing eding yaqin sirdoshim,
Sog'inganda tinmaydi yoshim,
Onajonim ko'rgim keladi,
Bir dam suhbat qurgim keladi.