Qaldirg'ochlar osmonda,
Yurt salomat qo'rg'onda,
Tinchlik bergan imkonda
Hay-hayya, hay-haya.
Boshga baxting qo'nganda,
Yuraklar jo'sh urganda,
Kuning kulib turganda
Hay-hayya, hay-haya.
(Hay-hayya, hay-haya. {x2})
Qaddingni ur, (hay-hayya)
Davringni sur. (hay-hayya)
Qaddingni ur, (hay-hayya)
Davringni sur. (hay-hayya)
Davring keldi o'ynashga,
Jiling keldi kuylashga,
Ko'ngling to'ldi yashashga,
Hay-hayya, hay-haya.
Kelinchaklar allasi,
Ezgulikning yallasi,
O'zbegimning bolasi,
Hay-hayya, hay-haya.
(Hay-hayya, hay-haya. {x2})
Qaddingni ur, (hay-hayya)
Davringni sur. (hay-hayya)
Qaddingni ur, (hay-hayya)
Davringni sur. (hay-hayya)
O'ylaydigan g'aming yo'q,
Hech narsadan kaming yo'q,
Erta kundan ko'ngling to'q,
Hay-hayya, hay-haya.
Davralarni keng olib,
Marralarda sen g'olib,
Dunyolarga jar solib,
Hay-hayya, hay-haya.
(Hay-hayya, hay-haya. {x2})
Qaddingni ur, (hay-hayya)
Davringni sur. (hay-hayya)
Qaddingni ur, (hay-hayya)
Davringni sur. (hay-hayya)
(Sekin-sekin o'ynagin,
Xush kenglikda quvnagin,
Omon, omon, omon-ey,
Hech ko'rmaylik yomon-ey.
Davring keldi o'yna-ya,
Jiling keldi quvna-ya,
Davringni sur, hay-hayya,
Qaddingni ur, hay-hayya.)
Qaddingni ur, (hay-hayya)
Davringni sur. (hay-hayya)
Qaddingni ur, (hay-hayya)
Davringni sur. (hay-hayya) (x2)