O'zbekiston elim-a,
Belbog'im boylab belim-a, (x2)
Elimning bayram to'yiga
Do'mbiram olib keldim-a. (x2)
Momom novvot bersin-a,
Yurakka quvvat bo'lsin-a,
Har bir o'zbek farzandi
Eliga to'ylar bersin-a.
Bersin-a, bersin-a,
Eliga to'ylar bersin-a.
O'ynang checha, o'ynang,
Akam bilan o'ynang.
Bugun bayram, bugun to'y,
O'ynamaganiga qo'ymang.
Chechajonim, o'ynang,
Akam bilan o'ynang.
Bugun bayram, bugun to'y,
O'ynamaganiga qo'ymang.
Buvalar yuzga kirsin-a,
Momolar yuzlashib yursin-a, (x2)
Nevaralari oldida-yey,
Quvalashib-a yursin-a.
Chevaralari oldida-yey,
Chuvalashib-a yursin-a.
Elimda to'ylar bo'lsin-a,
Uyimga mehmon kelsin-a,
Elimda to'ylar bo'lsin-a,
Uyimga mehmon to'lsin-a.
Bo'lsin-a, bo'lsin-a,
Qizlar kelin bo'lsin-a.
O'ynang checha, o'ynang,
Akam bilan o'ynang.
Bugun bayram, bugun to'y,
O'ynamaganiga qo'ymang.
Chechajonim, o'ynang,
Akam bilan o'ynang.
Bugun bayram, bugun to'y,
O'ynamaganiga qo'ymang.
Tog'larning sadosi yaxshi,
Bog'larning havosi yaxshi, (x2)
Bugun Qahhor baxshining
Do'mbira sadosi yaxshi. (x2)
Elimiz obod bo'lsin-a,
Alloh madad bersin-a, (x2)
O'zbek elning baxtiga
Yurtimiz omon bo'lsin-a.
Bo'lsin-a, bo'lsin-a,
Yurtimiz omon bo'lsin-a.
O'ynang checha, o'ynang,
Akam bilan o'ynang.
Bugun bayram, bugun to'y,
O'ynamaganiga qo'ymang.
Bovam yuzga kirsin-a,
Momomga yuzlashib yursin-a,
Nevaralari oldida
Quvalashib-a yursin-a.
Elimda to'ylar bo'lsin-a,
Uyimga mehmon kelsin-a,
Bo'ydoqlar ham uylansin,
Qizlar kelin bo'lsin-a.
O'ynang checha, o'ynang,
Akam bilan o'ynang. (x2)
Bugun bayram, bugun to'y,
O'ynamaganiga qo'ymang. (x2)