Yodimda, yonimda eding,
Mani hayotimni baxtga to'ldirding.
Baxtga to'ldirganing mayliku-ya,
Oxir hammasini tortib olib ketding.
Tog'ri, sandan oldin hayot edi oddiy,
Sen hayotimga kelib, bo'ldim baxtli.
Hech ham o'ylamagan ekanman, bir kun ketsachi deb,
Izlab qoldim – qani endi o'sha hayot oddiy?
Keragi yo'q muhabbating menga,
Bunday muhabbat qimmatdir bir tiyinga.
Go'yo baxtlisan bugun hammadan,
Ertaga tanimaysan aksing oynadan.
Hech ham o'ylamas edim, muhabbatning bahosi
Bunchalar arzon bo'ladi deb.
Yoki yengil hayot bizga uchradimikan kelib-kelib?
Menga kerakmas narxli sevgi,
Menga keragi baxtli bo'lsak bo'ldi edi.
Keragi yo'q qaytib kelsang ham,
Sen meni hech qachon baxtli qila olmaysan.
Unutarman, unutarman, baribir bir yo'lini topaman olib,
Oxir-oqibat sen menga omad, men senga qomat
Tilaylik baxtli bo'lish uchun.
Qanot qoqarman, uchib ketarman, osmon to'la yulduzlar,
Yerda milliardlab qizlar.
Biz kutgan muhabbat bu emasdir albat,
To abad birga bo'lamiz derding.
Ishon, bu gaplaringning narxi bir tiyin,
Nega ustimdan kulding?
Unutaman, bilaman topiladi iloji,
Iloji yo'q narsaning o'zi yo'q.
Sevaman deb har kuni yozardi xatlar,
Qanaqa sevgi? Sanda yurakning o'zi yo'q.
Yuragi yo'q his-xayollarim olib ketdi,
Rost bilan yolg'onni ikki chetga bo'lib ketdi.
Qaysidir tomonlama sindirdi u,
Qaysidir tomonlama o'rgatib ketdi.
Manga qaytib kelishingni emas,
Man Ollohdan so'rayman sani unutish uchun sabr.
Manga ishon, kerak emas,
Agar xohlamasa birga bo'lishimiz taqdir.
Menga kerakmas narxli sevgi,
Menga keragi baxtli bo'lsak bo'ldi edi.
Keragi yo'q qaytib kelsang ham,
Sen meni hech qachon baxtli qila olmaysan.
Unutarman, unutarman, baribir bir yo'lini topaman olib,
Oxir-oqibat sen menga omad, men senga qomat
Tilaylik baxtli bo'lish uchun.
Qanot qoqarman, uchib ketarman, osmon to'la olmoslar,
Yerda milliardlab qizlar.