Yillar bizni ayirgan, umid uzilgan,
Ammo qalbdan o'chmagan o'sha ilk sevgi.
Yillar o'tsa hamki, ovundim balki,
Sevgi bor toki hayot ekanman.
Hamon yodimda biz birga o'tgan baxtli kunlar,
O'tsa hamki qancha oylar, qancha yillar.
Kezaman goh biz kezgan o'sha u yo'llar,
Eslatadi ular.
Afsus qiynar hamon, sog'inch yomon,
Unutmoqlik dargumon, vaqtlar o'tsa ham.