[Zoirbek]
Dormidi sochlaring sani?
Yor, firoqingda mani
Ado etding, holim nochor-ey.
Netay mani bu ko'nglim,
Tinglamaydi hech so'zim,
Ko'yingda bu yurak bemor-ey.
Mayli, nozingga borman-ey,
O'zim vafoli yorman-ey,
Yuragimda yonsa gar mehring, dod-ey.
Unutolmayin lolman-ey,
Tunlari bedorman-ey,
Beg'uborim yonimda gar bo'lsa paydo.
[Saida]
U yona, bu yona o'taman sekin,
Xumor-ey, xumor-ey.
Kulganda yuzlarim misli qirmiz anor-ey.
[Zoirbek]
U yona, bu yona o'tadi sekin,
Xumor-ey, xumor-ey.
Kulganda yuzlari misli qirmizi
Anor-ey, anor-ey.
[Saida]
U yona, bu yona o'taman sekin,
Xumor-ey, xumor-ey.
Kulganda yuzlarim misli qirmizi
Anor-ey, anor-ey.
[Saida]
Firoqida yonaman dema,
Hajrida bedavo dema,
Kechirasan agar hech kulmasang,
Yor, yonimga bekor kelma.
Nozim mani chekinmaydi,
Yo'g'u borim pand yema.
Kezaman dunyoni man gohi tanho.
[Zoirbek]
Mayli, nozingga borman-ey,
O'zim vafoli yorman-ey,
Yuragimda yonsa gar mehring, dod-ey.
Unutolmayin lolman-ey,
Tunlari bedorman-ey,
Beg'uborim yonimda gar bo'lsa paydo.
[Saida]
(U yona, bu yona o'taman sekin,
Xumor-ey, xumor-ey…)
[Zoirbek]
U yona, bu yona o'tadi sekin,
Xumor-ey, xumor-ey.
Kulganda yuzlari misli qirmizi
Anor-ey, anor-ey.
[Saida]
U yona, bu yona o'taman sekin,
Xumor-ey, xumor-ey.
Kulganda yuzlarim misli qirmizi
Anor-ey, anor-ey.
[Saida]
Keladi, ketadi, havasga uchmagin,
Bu asli sevgimas, bekor.
Urinma behuda, abadiy qolmaydi
Yuragimdan-ey ozor.
Xayolim parishon dema,
Sevaman seni, ishon dema.
Bilaman kelmaydi, yuragim to'lmas,
Yonimga bekor kelma.
[Zoirbek]
U yona, bu yona o'tadi sekin,
Xumor-ey, xumor-ey.
Kulganda yuzlari misli qirmizi
Anor-ey, anor-ey.
[Saida]
U yona, bu yona o'taman sekin,
Xumor-ey, xumor-ey.
Kulganda yuzlarim misli qirmizi
Anor-ey, anor-ey.