[Sardor Rahimxon]
Narxi qancha mehrni, ayting?
Hammasini sotib olaman.
Oqibati bor ostonaga
Kerak bo'lsa yotib olaman.
[Shohzamon]
Ey, narxi qancha mehrni, ayting, ayting?
Hammasini sotib olaman.
Oqibati bor ostonaga
Kerak bo'lsa yotib olaman.
[Sardor Rahimxon]
Qayda mehr bozori, ayting?
Olib beray mehrsizlarga.
Kerak bo'lsa, yurib uyma-uy,
Ulashaman bag'ri muzlarga.
[Shohzamon]
Narhi qancha mehrni, ayting?
O'zim olay yetsa imkonim.
Yetsa molim, yetmasa jonim,
Narhi qancha mehrni, ayting?
[Shohzamon]
Ey, mehringizdan, mayli, bir hovuch
Bering yetim go'daklar uchun.
Ko'zlarida o'kinch va ilinj,
Mehrga zor yuraklar uchun.
[Sardor Rahimxon]
Mehr izlab dunyoni kezdim,
Olishimga bormi qarshilar?
O'zimga ham kerakdir, biroq
Ilinaman sizga, yaxshilar.
[Shohzamon]
Mehr bormi eski bo'lsa ham?
Yo'q, degan so'z yomon nechog'liq.
Bu o'tkinchi dunyoda mehr
Nahot bo'lsa cho'ntakka bog'liq?
[Sardor Rahimxon]
Bilolmadim mehrning narhin,
Mehr sotilmas ekan pulga.
Go'yoki biz savdogarlardek,
Mehr izlab chiqqanmiz yo'lga.
[Sardor Rahimxon]
Narhi qancha mehrni ayting (ayting)
O'zim olay bo'lsa imkonim.
Yetsa molim, yetmasa jonim,
Narhi qancha mehrni ayting?
[Shohzamon]
Narhi qancha mehrni ayting (ayting)
O'zim olay yetsa imkonim.
Yetsa molim, yetmasa jonim,
Narhi qancha mehrni ayting?