Alvido, deb qo'ling siltab,
Sen ketarsan ko'zing yoshlab,
Qalbimning ko'z yoshlarini sen unutmagin.
Sen ketarsan hayotimdan,
Sevib qolaman jonimdan,
Yuragimda yolg'iz o'zing, sen unutmagin.
Sevgini tushunolmadik,
Bunga ikkimiz aybdor.
Qachongacha davom etar?
Yurak ezilar. (x2)
Sen, va’da bergan sen,
Doimo birga bo'lamiz degan.
Shirin orzular, chiroyli so'zlar,
Qaylarda qoldi biz kutgan kunlar?
Qayerda?
Alvido, deb qo'ling siltab,
Sen ketarsan ko'zing yoshlab,
Hammasi qo'lingda edi, sen unutmagin.
Sensiz menga xira osmon,
Sensiz orzularim vayron,
Sensiz yo'qdir tanamda jon, sen unutmagin.
Sen, va’da bergan sen,
Doimo birga bo'lamiz degan.
Shirin orzular, chiroyli so'zlar,
Qaylarda qoldi biz kutgan kunlar?
Qayerda? (x2)
Shirin orzular, chiroyli so'zlar,
Qaylarda qoldi biz kutgan kunlar?
Qayerdan izlay?