Onam desam, ko'zimda yosh aylanar,
Alam bilan bo'g'zimga tosh boylanar.
Yomg'ir bo'lib, kuylamoqqa shaylanar,
Onam qani, yupatuvchi onam qani?
Ko'hna dunyo, seni ona tug'madimi?
Onasizlik bo'g'zingdan yo bo'g'madimi?
Keng bag'ringga bitta onam sig'madimi?
Onam qani, yupatuvchi onam qani?
Yolg'onchi dunyo ekan, onam,
Yaxshilarga joy yo'q, onam,
O'rningiz jannatlarda, onam,
Mehribonim onam, onam.
Yolg'onchi dunyo ekan, onam,
Sizni juda sog'indim, onam,
Yo'qligingiz menga qilar alam,
Beozorim onam, onam.
Tushlarimga bir borgina kiring, ona,
Uyga qachon kelasan deb urushing, ona.
Sizsiz endi keng bu dunyo – zulmatxona,
Dunyolarim yorituvchi onam qani?
Yolg'onchi dunyo ekan, onam,
Yaxshilarga joy yo'q, onam,
O'rningiz jannatlarda, onam,
Mehribonim onam, onam.
Yolg'onchi dunyo ekan, onam,
Sizni juda sog'indim, onam,
Yo'qligingiz menga qilar alam,
Beozorim onam, onam.
Onam desam, ko'zimda yosh aylanar,
Alam bilan bo'g'zimga tosh boylanar.
Yomg'ir bo'lib, kuylamoqqa shaylanar,
Onam qani, yupatuvchi onam qani?
Onam qani, yupatuvchi onam qani?