Oppoq qog'oz qarshimda, nima deb yozay?
Bog'zimda bitta so'z, aytolmayabman.
Uch yil oldin o'pkamni to'ldirgan isni
Ming turfa guldan ham topolmayabman. (x2)
Qalbimda chigilgan bir katta tugun,
Onamni sog'inib, yurak bo'ldi hun.
Ovutguvchi zot yo'q qoshimda bugun,
Sabrim to'ldi, jon ona, sog'indim sizni. (x2)
Tugab-bitmas boyligim,
O'zimning chiroyligim,
Mushtiparim onam-a,
Xokisorim onam-a. (x2)
Ona ko'ngli bolada, bola ko'ngli dalada,
Yuzga kirsa ham odam, ona uchun bola-da.
Hech kimga bildirmayin, yig'lab pana-panada,
Sabrim to'ldi, jon ona, sog'indim sizni. (x2)
Dunyoning barcha shodlig-u, rohatlarini,
Alishmasman onamning eski ro'mollariga.
Chetga surdim-qo'ydim dunyo ishlarini,
Sabrim to'ldi, jon ona, jon ona, sog'indim sizni.
Tugab-bitmas boyligim,
O'zimning chiroyligim,
Mushtiparim onam-a,
Xokisorim onam-a. (x2)