Yoma-yoma-yom,
Yoma-yoma-yomg'ir,
Yomg'ir, yomg'ir…
Mayli, yog'sa yog'aversin
Yomg'ir chelak-chelaklab.
Changitib, shamol uchirsin
Kuzning barglarini.
Taka-taka-taka-tak,
Tarnovimni taqillatdi kim? (kim, kim, kim?)
Osmon ko'z yoshi emas,
Hodisa bu tabiiy,
Mayda-mayda shunchaki, yomg'ir.
Ezib yog', ezib yog',
Yuragimni ezib yog'.
Sezib yog', sezib yog',
Sog'inganim sezib yog'.
Yog'aver, yog'aver,
Toma-toma, tomaver.
Suzaver, suzaver,
Tomdan tomga suzaver.
Yog' yomg'ir-yomg'ir,
Yomg'ir-yomg'ir yog'aver.
Osmonimni bulut qoplab,
Oftob yana berkindi.
Balki ular shunday o'ynar,
Yomg'ir o'yinini.
Taka-taka-taka-tak,
Barmog'imda yuragim chizaman. (i love you)
Yuragimning ichida sening isming yozilgan,
Shuning uchun ko'zimda yomg'ir.
Ezib yog', ezib yog',
Yuragimni ezib yog'.
Sezib yog', sezib yog',
Sog'inganim sezib yog'.
Yog'aver, yog'aver,
Toma-toma, tomaver.
Suzaver, suzaver,
Tomdan tomga suzaver.
Yog' yomg'ir-yomg'ir,
Yomg'ir-yomg'ir yog'aver. (x1+x1)
A-a-a-a, o-o-o-o, yog' yomg'ir-yomg'ir,
Taki-taki-taki-taki, paki-paki-paki-paki,
Yomg'ir-yomg'ir yog'aver.
Yomg'ir-yomg'ir yog'aver…