Buncha yarashgan, jonim,
Tillo zanjiring sani?
Dardima bo'lar dori
Bergan anjiring sani.
Manga yoqadi shundin
Bog'inmi bog' anjiri.
Man borg'anda ochilsin
Qalbing zulfi zanjiri.
Naya bizni yondirib,
Boqmaysan quvontirib?
Qora ko'z boq manga,
Ma’lumini ayt manga.
Ey qora ko'z boq manga,
Bir gapingni ayt manga.
Saning manzil-makoning
Shakkari bor ichinda,
Man muroda yetarman,
Olma-anor ichinda.
Go'rsatib anjir-olma,
Ko'nglima qiziq solma.
Qoshu-ko'zing o'ynatib,
Qo'y, maning onim olma.
Hey, naya bizni yondirib,
Boqmaysan quvontirib?
Qora ko'z boq manga,
Ma’lumini ayt manga.
Ey qora ko'z boq manga,
Aniq bir gap ayt manga.
Doston qilib sevgini
Kuyladilar lazgini,
Dunyolara go'rsatib
Xorazmning ganjini.
Rahmatjon ustozdayin
Man ham ishq oshnosiman.
Qalbim bahor-yozdayin,
Bir boqsang, ming roziman.
Ov, naya bizni yondirib,
Boqmaysan quvontirib?
Qora ko'z boq manga,
Ma’lumini ayt manga.
Ey qora ko'z boq manga,
Bir gapingni ayt manga.
Og'zi-burni kichkina,
Bellari ingichkina.
Shuncha qizlar ichinda
Shuning o'zi birgina.
Qutli Murod tilagi
Duk-duk urar yuragi.
Shaydoman, yuragima
Tanho sansan garaki.
Naya bizni yondirib,
Boqmaysan quvontirib?
Qora ko'z boq manga,
Ma’lumini ayt manga.
Ey qora ko'z boq manga,
Bir gapingni ayt manga. (x3)