Yuragi bir daryo,
Daryo, daryo, daryo onam.
Mehr-u muhabbati
Dunyo, dunyo, dunyo onam. (x2)
Boshimizni silab,
Umrimizni tilab, duoda har kun.
Farishtadir go'yo,
Go'yo, go'yo, go'yo onam.
She’rlar o'qib bersam, ko'zimdan o'pib,
Qo'shiq aytib bersam, yuzimdan o'pib. (x2)
Aytgan allalarin mehrdan to'qib,
Qo'shig'imga shaydo,
Shaydo, shaydo, shaydo onam. (x2)
Yuragi bir daryo,
Daryo, daryo, daryo onam.
Mehr-u muhabbati
Dunyo, dunyo, dunyo onam. (x2)
Ko'zingiz quvnasin zavqimiz ko'rib,
Baxt ila barpo taxtimiz ko'rib. (x2)
Endi yashang bizning baxtimiz ko'rib, {x2}
Hayotimga ma’no, ma’no, ma’no, ma’no onam.
Yuragi bir daryo,
Daryo, daryo, daryo onam.
Mehr-u muhabbati
Dunyo, dunyo, dunyo onam. (x2)
Boshdagi tojimning gavharidurlar,
Yo'liga poyandoz jannati gullar. (x2)
Husniga mahliyo parilar, hurlar, {x2}
Mehru-muhabbatda tanho,
Tanho, tanho, tanho onam.
Yuragi bir daryo,
Daryo, daryo, daryo onam.
Mehr-u muhabbati
Dunyo, dunyo, dunyo onam. (x2)
Mehr-u muhabbati
Dunyo, dunyo, dunyo onam.
Eh o'zimning dono,
Donoginam, dono onam!