(Xayolim mani o'ylaydi sani,
Xayolim, xayolim, yonimga kel)
Kamina yozadi san uchun stereo, (да ты что?)
Farqi yo'q qanaqa havo va meteo. (aha)
Yozib boraman tugamaguncha siyoh, (yo'g'e?)
Yangi ohang uchun ishlar studio. (huh?)
Alomat beraman kamina bo'lib karomat
Bunaqa kalavadan kerak emas daromad.
Mani shunchaki rom etdi sandagi “aromat”,
Bugungi tun o'zingdan, go'zalim, arima.
Gap yo'q, mast bo'lib, ko'zlaring ko'rib,
San tun bo'lsang, yonaman yulduz bo'lib.
“Ice” yuragim san bilan bo'ladi “nice”,
Man san uchun bo'laman ajoyib “frize”.
Bu kecha bo'ladi ajoyib musiqa…
Ajoyib musiqa…
(Xayolim mani, xayolim mani,
Xayolim mani, o'ylaydi sani.
Xayolim, xayolim, o'ylaydi,
Xayolim, xayolim, o'ylaydi sani)
San nozik, man esa yoningda yo'lbars,
Nozik qomating ila yonimda bo'lsang bas.
“Aroma-terapiya”, aqldan ozish oson,
Yonimda bo'lmasang baxtli bo'lishing gumon.
Voy-bo', o'zi bilan buncha ovora? (aha)
Selfi qilaverar ekanda-a? (haa)
“Like” bosaman gar qarasang, ayt,
Paytini boy bermayman bu “night”.
Gap yo'q, mast bo'lib, ko'zlaring ko'rib,
San tun bo'lsang, yonaman yulduz bo'lib.
“Ice” yuragim san bilan bo'ladi “nice”,
Man san uchun bo'laman ajoyib “frize”.
Bu kecha bo'ladi ajoyib musiqa…
Ajoyib musiqa…
(Xayolim mani…)