Atirgullar terdim bugun yor uchun,
Yo'l oldim men unda ko'nglim bor uchun.
U esa mendan xafa bugun ne uchun?
Arazlamang, bo'ldi jonim, bas yetar.
Mendan o'tgan bo'lsa bordir bir xato,
Shu xato deb endi qilmang ming ado.
Siz tomonga yuragimdan bir nido:
Arazlamang, jonim bo'ldi, bas yetar.
Arazlamang, jonim bo'ldi, bas yetar,
Bir kulsangiz, dardu-alam tark etar. (x4)
Kutaverib bardoshlarim qolmadi,
Sizni ko'rmay kunlarim hech o'tmadi.
Ko'z oldimdan chiroyingiz ketmadi,
Arazlamang, jonim bo'ldi, bas yetar.
Sog'inchimga tunda guvoh yulduzlar,
Bizga qarab qilsin hamma havaslar.
Yarashmaydi sizga bunday arazlar,
Arazlamang, jonim bo'ldi, bas yetar.
Arazlamang, jonim bo'ldi, bas yetar,
Bir kulsangiz, dardu-alam tark etar. (x4+x4)