Kelib ketgin har zamon,
Yo'ling tushsa man tomon,
Boshqa sendek mehribonim yo'q.
Sening qalbingga tomon,
Yo'l izladim oh yomon,
Chunki sevaman hammadan ko'p.
Bir, ikki, uch yolg'on
So'zlasang-da har zamon,
Sevishing rost bo'lsin-u
Boshqa gaplaring yolg'on.
Agar aldasang, omon
Qolishim ham bir gumon.
Sevishing aytgin faqat,
Boshqa gaplaring yolg'on.
Eh man, man yomonman,
Faqat o'zim tomonman.
Bir umr menla qolsang,
O'shanda man omonman.
Ajab bo'pti, yomonman,
Faqat o'zim tomonman.
Umrbod menla qolsang,
O'shanda man omonman.
Mana senga ikki yo'l:
Biri ayriliq tomon,
Biri baxtga berib qo'l.
Yig'lab boshim bo'ldi ko'l,
Sog'inchimdan yuragim
Yorilib ketdi butkul.
Bir, ikki, uch yolg'on
So'zlasang-da har zamon,
Sevishing rost bo'lsin-u
Boshqa gaplaring yolg'on.
Agar aldasang, omon
Qolishim ham bir gumon.
Sevishing aytgin faqat,
Boshqa gaplaring yolg'on. (x1+x1)