Vaslingga jon tikaman, voy dilim,
Ne bo'lsa bo'lar oxir holatim.
Zimmamga tog' ilaman, voy dilim,
Evazi o'zgani emas, meni de faqat.
Bu kunimdan kechagi kun yaxshi,
O'yilmoqda menda ishqim naqshi.
Seni mutloq bilmaganim yaxshi,
Dildorim, oh meni degin, meni de faqat.
Yuzlari norim, dildorim,
Bog'imdagi gulzorim,
Nega sensiz bir zum turolmayman?
Barokatimning bemori,
Qalbimning shifokori,
Nega men seni yaxshi ko'raman?
Beg'am-u xabarsizligim qayda,
Tinglagin, dardim taralar nayda.
Yuzimdagi tabassumim qayda,
Evazi o'zgani emas, meni de faqat.
Halovatimning yo'gi – rost mani,
Bila turib, beparvosan yana.
Ko'ngil qo'yganim, inon rost mani,
Dildorim oh meni degin, meni de faqat.
Yuzlari norim, dildorim,
Bog'imdagi gulzorim,
Nega sensiz bir zum turolmayman?
Barokatimning bemori,
Qalbimning shifokori,
Nega men seni yaxshi ko'raman? (x1+x1)