Assalomu alaykum xonimlar va janoblar.
Hozirgi ijro etiladigan qo'shiq hayotning qizig'ida chakanayam yurmagan, Xudo insof berib, hayotning chizig'ida yurgan aka-uka birodarlarimizga bag'ishlanadi. Maestro, marhamat!
Yigitlik davrin surib
O'tay deysan dunyoda,
Omad surib ketsachi,
O'pkalama Xudodan.
Yigit ko'z yosh to'karmu?
Ha, judolik ko'rganida!
Yigit nima, qari ham
Titrar ajal kelganida.
Ajalga tengdir bari
Go'dakmi, yosh yo qari.
Bog'lar xazon bo'lguncha
Bol yig'ar asalari.
Bir, ikki, uch, o'ttiz uch,
Yigit tasbeh aytibdi.
Qo'llasin Parvardigor,
Gunohlardan qaytibdi. (x2)
Taqdiringdan rozi bo'l,
Qovoq uyma, qozi bo'l.
Xor-zor bo'lma, birodar,
Qariganda xoji bo'l.
Yigit davring suraver,
Eh, qandingni uraver.
Imoratni mustahkam
Oxiratga quraver.
Yovga egma boshingni,
Iblis to'kmasin yoshingni.
Aytgamiz yoqmasa,
Bor, teraver toshingni.
Bir, ikki, uch, o'ttiz uch,
Yigit tasbeh aytibdi.
Qo'llasin Parvardigor,
Gunohlardan qaytibdi. (x6)