Kelaman deb yoningga,
Jon bo'lay deb joningga,
Tushuntirib tog'angga,
O'taman devor oshib.
Ozorim, xumorim, kecha-kunduz
Ketmaysan, xayoldasan.
Oqbilak oyim “toshkanlik”,
Aytgin manga, qayoqdasan?
Qora ko'zli quralay,
Tuynugingdan mo'ralay.
Abdug'affor kelmasidan,
Seni ko'rib olay. (x2)
O kokili arg'amchi,
Chaqirganda chiqsangchi.
Bo'lmaginda aldamchi,
Men tomon nazar solsangchi. (x2)
Qayum bilan Raimjon
Mahallangda turibdi,
Kecha tol tagida seni
Hamid bilan ko'ribdi. (x2)
Kim nima gap desa desin,
Bugun endi ko'rishaylik.
Arazlarni chetga surib,
Jonim, mayli yarashaylik. (x2)
O kokili arg'amchi,
Chaqirganda chiqsangchi.
Bo'lmaginda aldamchi,
Men tomon nazar solsangchi. (x2)
Qayum bilan Raimjonda
Ha mayli, bir gap bor.
Ikkalasining orasinda
Nima qilar Abdug'affor? (x2)
O kokili arg'amchi,
Chaqirganda chiqsangchi.
Bo'lmaginda aldamchi,
Men tomon nazar solsangchi. (x2)