[Shoxrux]
Bir paytda qanaqadir narsa,
Miyaga taq etib uradi to'satdan.
Naqd bo'lgan aql endi kalaka tomoni
Yechimiga kim uchundir malaka, palakat,
Tavakkal qilib yuraman endi iloji yo'q,
Yaqinimdagi gapning hozirda kuchi yo'q.
Naqd qil, o', ayama, beraqol degan maqol,
Yon daftaringga bu gaplarim tezroq yozaqol.
Amrimahol bo'lishi asli amrimahol,
Aslida bu holat qaytariladimi takror?
Sevgi izhor bugungi kunda bir safsata,
Laylining to'yida majnunlar hozir azada.
O'rmondagi maymunlarga o'xshaydi oshiqlar,
Ularga qiziq emas sevgidagi to'siqlar.
Aytkin ou, nimaga sening tunlaring tanho,
Soqiyga bo'lgan mehr senga qaytmaydi nahot?
Nahot fisq-u fasod va kayf-u safo,
Nahot qiyin, senga shu narsa bo'lsa davo?
O'ylanib ko'r, mana yana bitta bir savol:
Qachon va qayerda kimga bo'lgan oson?
Ha tillo hayot davomida kerak, biroq
Unutma, avvalo qilmagin hayotda xato.
Tepada aytilgan edi bu holat – palakat,
Tavakkal qildim aytishga senga kerakli harakat.
[Baha]
Kim menga baxt deydi, kim?
Kim boylik va hurmat izlaydi.
Kim esa yor deydi, kim?
Kimlar yolg'iz qolishni istaydi. (x2)
[Baha]
Yordam so'raganimda to'ymas chiyabo'rilardan,
Javobim yo'q savoliga, ularning ham dardi pul-da.
Yaxshilab oynaga qara, sotilib bo'lding katta pulga,
Oqibati nima, o'yla, javob ber qilmishingga.
Me’ros qoldiradi keksa, talashadi uni aka-uka,
Mol, uy etagidagi joy, qon to'kib san bo'lding boy.
Qadam bosding hayotga – xush kelibsan o'yinga,
Mahallaga qarshi mahalla, qarshi chiqma qonunga!
Xafa bo'lma hayotdan, dunyoni yaratganidan,
Qoldirmas seni u jazosiz, chunki bu gunohga qo'l urgansan.
Manaman deganlari tursa, mana man tez tiz cho'ksam,
Iltimos, kechiring mani ona, har bir qadamimni bu zamonda.
[Shoxrux]
Kim menga baxt deydi, kim?
Kim boylik va hurmat izlaydi.
Kim esa yor deydi, kim?
Kimlar yolg'iz qolishni istaydi. (x3)
Kim menga baxt deydi, kim?
Kim boylik va hurmat izlaydi.
Kim esa yor deydi, kim…