Yurak yi'glar,
Yurak so'rar, kel, iltimos.
Oxirgisi, oxirgi bor
Bag'ringga bos. (x2)
Keyin senga qarasam ham,
Gunoh bo'lar.
Yor degani qolgan haqqim
Bir kun xolos. (x2)
Bir kungina, bir kun xolos,
Men uchun jonim, iltimos,
Oxirgisi, oxirgi bor,
Kelgin jonim, bag'ringga bos. (x2)
Men seni deb nimalardan kechmadim-a,
Ishqning qancha og'usini ichmadim-a. (x2)
Unutishga rozimasman, yor majburman,
Qayda xato bo'ldi, senga yetmadim-a?
Bir kungina, bir kun xolos,
Men uchun jonim, iltimos,
Oxirgisi, oxirgi bor,
Kelgin jonim, bag'ringga bos. (x2)
Kel, soyangga yiqilsin bu xasta jonim,
Seni qaysi qaro kunda sevib qoldim? (x2)
Tuproq bo'lgan ishqni bosib, ezib-ezib,
Endi kimni yor deysan, ayt yorim? (x2)
Bir kungina, bir kun xolos,
Men uchun jonim, iltimos,
Oxirgisi, oxirgi bor,
Kelgin jonim, bag'ringga bos. (x2)