Tikilib-tikilib qaraysan,
Xumor ko'zlaring qadaysan. (x2)
Parvoga olmasam, o'tinib,
O'kinib-o'kinib qaraysan. (x2)
Sevgingni sezdirsang, o'rgilay,
Sayribog' kezdirsang, o'rgilay. (x2)
Xayolim jilovlab, qalbimga
Ismingni yozdirsang, o'rgilay. (x2)
Sen meni avval xo'b o'ylatding,
So'ng qalbga ezgu his o'rnatding. (x2)
Sen-la kulib borardim faxrli,
Sen menga sevishni o'rgatding. (x2)
Tikilib-tikilib qaraysan,
Xumor ko'zlaring qadaysan. (x2)
Parvoga olmasam, o'tinib,
O'kinib-o'kinib qaraysan. (x2)
Ey, tikilib-tikilib qaraysan,
Xumor ko'zlaring qadaysan…