Joning omon bo'lsin, ko'zlari munchog'im,
Gohida horganimda chin ovunchog'im.
Dunyolarga alishmasman, qizalog'im,
O'zing menga Alloh bergan nur charog'im. (x2)
Qizalog'im, qizalog'im,
Dunyolarga alishmasman, qizalog'im. (x2)
Orzularing osmoniday taxting bo'lsin,
Malikalar orzu qilgan baxting bo'lsin. (x2)
Qizim, xuddi yigitlardek shahding bo'lsin,
Dunyolarga alishmasman, qizalog'im. (x2)
Qizalog'im, qizalog'im,
Dunyolarga alishmasman, qizalog'im. (x2)
Yig'lamagin, ko'zlaringda ko'rmayin yosh,
Qarog'laring yoshlatgan ul qay bag'ritosh? (x2)
Kel, beg'ubor bag'irchangga qo'yayin bosh,
Dunyolarga alishmasman, qizalog'im. (x2)
Qizalog'im, qizalog'im,
Dunyolarga alishmasman, qizalog'im. (x3)
Qizalog'im, qizalog'im,
Dunyolarga alishmasman seni, qizalog'im…