Rashk qilaman, qizg'onaman,
Araz qilib to'lg'onaman.
Alamlarga cho'lg'onaman.
Ey, ozorlarga to'lar dilim,
Qalbim bo'lar tilim-tilim,
Zulmat bo'lar yurgan yo'lim.
Yurakkinam bo'ladi xun,
Sizdan arazlagan kun. (x4)
Dil dardini birov bilmas,
Yuzim kular, dilim kulmas,
Kipriklarim orom olmas.
Keng dunyolar bo'ladi tor,
Agar bersam sizga ozor,
Bir ko'rishga bo'larman zor.
Yurakkinam bo'ladi xun,
Sizdan arazlagan kun. (x4)
Ishq yuzidan o'tolmayman
Yoki undan kecholmayman,
O'zimni ham kechirolmayman.
Keng dunyolar bo'ladi tor,
Agar bersam sizga ozor,
Bir ko'rishga bo'larman zor.
Yurakkinam bo'ladi xun,
Sizdan arazlagan kun. (x4+x4)